«to‘ra bobolov» tegli maqolalar


To‘ra Bobolov Oqqo‘rg‘on tumani hokimi v.b. etib tayinlandi
1 avgust 2023, 16:50

To‘ra Bobolov Oqqo‘rg‘on tumani hokimi v.b. etib tayinlandi

To‘ra Bobolov Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

To‘ra Bobolov yangi lavozimda ish boshlagani ma’lum bo‘ldi
27 fevral 2023, 14:24

To‘ra Bobolov yangi lavozimda ish boshlagani ma’lum bo‘ldi

2022 yil dekabrda Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan To‘ra Bobolov Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ish boshlagan. U O‘zbekiston-Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida birinchi o‘rinbosar va kengash hamraisi bo‘lib ishtirok etdi.

Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov lavozimidan ozod etildi
26 dekabr 2022, 13:39

Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov lavozimidan ozod etildi

To‘ra Bobolov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Surxondaryo hokimining 429 mln so‘mga xizmat mashinasi xarid qilish haqidagi farmoyishi bekor qilindi
22 oktabr 2022, 10:30

Surxondaryo hokimining 429 mln so‘mga xizmat mashinasi xarid qilish haqidagi farmoyishi bekor qilindi

To‘ra Bobolov Bandixon tuman hokimligiga Skoda Kodiaq Ambition xizmat mashinasini xarid qilish uchun viloyat budjetidan 429 mln so‘m o‘tkazish to‘g‘risida farmoyish chiqardi. Antikorrupsiya agentligi buni Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunga zid deb topdi va farmoyishni bekor qildi.

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov jarimaga tortildi
27 sentabr 2022, 22:00

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov jarimaga tortildi

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov prezident qarori bilan o‘zgalarni haqorat qilgani, hokimlarga qo‘yilgan talablarni bajarmagani va o‘z faoliyatini davlat siyosatiga mos ravishda tashkil etmagani uchun jarimaga tortildi.

Surxondaryo hokimligi To‘ra Bobolovning navbatdagi audiosiga munosabat bildirdi
7 sentabr 2022, 15:16

Surxondaryo hokimligi To‘ra Bobolovning navbatdagi audiosiga munosabat bildirdi

Tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning Qiziriq tumani hokimi va klaster vakilini qo‘pol ravishda haqorat qilayotgani aks etgan navbatdagi audiosi tarqaldi. Hokimlik audioning ayrim joylari montaj qilinganini aytib, muloqot tafsilotlarini ochiqladi.

«Charchagan bo‘lsang, seni ham ishdan olaman» — prezident Surxondaryo viloyati hokimiga
6 sentabr 2022, 20:49

«Charchagan bo‘lsang, seni ham ishdan olaman» — prezident Surxondaryo viloyati hokimiga

1 sentabrgacha 290 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari tugallanmagan, xususan Surxondaryoda 29 ta shunday maktab bor. Prezident viloyat hokimini ishdan bo‘shatish bilan tahdid qildi. Angor tumani prokurori bilan bo‘lgan suhbatini ham esladi. «Charchagan bo‘lsang, seni ham ishdan olaman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

«Meni sovunimga kir yuvmabsan». To‘ra Bobolov Angor tuman prokurorini haqorat qildi
18 avgust 2022, 12:46

«Meni sovunimga kir yuvmabsan». To‘ra Bobolov Angor tuman prokurorini haqorat qildi

Tarmoqlarda Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov Angor tuman prokurorini haqorat qilgani aks etgan audio tarqaldi. Unda hokim prokurorga vazifalarini bajarmagani, qolaversa, tashkilotlarga nisbatan jinoyat ishi ochgani uchun tanbeh bergan. Holat yuzasidan viloyat hokimligi va Bosh prokuratura munosabat bildirdi.

Bosh prokuratura Denovdagi portlash bo‘yicha terakt versiyasini rad etdi
9 dekabr 2021, 11:26

Bosh prokuratura Denovdagi portlash bo‘yicha terakt versiyasini rad etdi

Bosh prokuratura matbuot kotibi Denovdagi portlash bo‘yicha terakt versiyasini rad etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga taxminan bino ichida bir necha soat davomida gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Chaqnash oqibatida 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani aytilmoqda. Viloyat hokimi To‘ra Bobolov yetkazilgan zarar davlat tomonidan to‘liq qoplab berilishiga ishontirmoqda.

Surxondaryoda «Zarchob-2» kichik GES ishga tushirildi — fotoreportaj
20 noyabr 2021, 17:12

Surxondaryoda «Zarchob-2» kichik GES ishga tushirildi — fotoreportaj

Surxondaryo viloyatida «Zarchob-2» kichik GESni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Stansiya 40 ming aholini elektr energiya bilan ta’minlash quvvatiga ega. «O‘zbekgidroenergo» raisi Abdug‘ani Sanginov kelgusida yana 2 ta loyiha — To‘palang va Mizop-Kishtut stansiyalarini ishga tushirish orqali daryo suvidan 5 marotaba foydalanish mumkinligini ta’kidladi.

Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov koronavirusdan tuzaldi
17 avgust 2020, 11:39

Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov koronavirusdan tuzaldi

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusdan to‘liq sog‘ayib, vohaga qaytdi.

Musa Yerniyazov va To‘ra Bobolovning koronavirusga chalingani ma’lum qilindi
18 iyul 2020, 19:59

Musa Yerniyazov va To‘ra Bobolovning koronavirusga chalingani ma’lum qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusga chalindi. Ularning ahvoli yevropalik mutaxassislar ishtirokida tahlil qilinib, holati stabil deb topilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting